Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Sentyabr 2026

Qoraqalpog'iston Respublikasida Roadshow bo'lib o'tdi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir an’anaviy tarzda ketma-ket oltinchi yil o‘tkazilmoqda.

 

Tadbir davomida tadbirkorlar, investorlar va keng jamoatchilikka hududda xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari, yer uchastkalari hamda yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Roadshow taqdimotida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ direktori Bekzod Usmonov, Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi direktori Ilhom Xalpayev, Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Rajapov, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy tashkilotlar rahbarlari, 250 nafardan ortiq tadbirkor va investorlar hamda hududdagi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

 

Taqdimot davomida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish, bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ular negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, budjet tushumlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

 

Agentlik direktori Sohibjon Murodov o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:

“2025–2026-yillarda fuqarolar va tadbirkorlarga doimiy foydalanish, ijara hamda umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi asosida foydalanib kelingan, umumiy maydoni 184,99 gektar bo‘lgan 2 856 ta yer uchastkasi 9,5 mlrd so‘mga xususiylashtirildi. Natijada fuqarolar va tadbirkorlar ushbu yer uchastkalarini garovga qo‘yish yoki ularning ayrim qismlarini sotish imkoniyatiga ega bo‘ldilar”.

 

Shuningdek, 2025-yil davomida 129 mlrd so‘mlik 199 ta davlat aktivi savdolarga chiqarilganini, shundan 89 ta aktiv 52 mlrd so‘mga realizatsiya qilinganini ta’kidlash lozim. Hozirgi vaqtda auksion savdolarida jami 133 mlrd so‘mlik 90 ta davlat aktivi mavjud.

 

Bundan tashqari, 2025-yilda elektron onlayn-auksionlar orqali umumiy maydoni 81 gektar bo‘lgan 1 035 ta yer uchastkasi realizatsiya qilindi. Bugungi kunda umumiy maydoni 874,6 gektar bo‘lgan yer uchastkalarini elektron onlayn sotish jarayoni davom etmoqda.

 

Tadbirda Prezidentning 2026-yilgi Xususiylashtirish dasturi tasdiqlangan PF-177-son Farmoni doirasida yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida ham ma’lumot berildi.

 

Xususan, davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xarid qilishda 15 foiz miqdorida avans to‘lash, qolgan summani esa qonunchilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlari uchun ularning qiymati 2027-yil 1-yanvarga qadar olti oy ichida to‘liq to‘langan taqdirda, shartnoma qiymatining 25 foizi miqdorida chegirma taqdim etilishi belgilangan.

 

Mazkur imkoniyatlar tadbirkorlar va investorlarning yangi loyihalarni amalga oshirishi hamda o‘z biznesini kengaytirishida muhim ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi.

 

SamDavaktiv Matbuot xizmati

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech