Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Noyabr 2026

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ijro intizomi va elektron tizim boʻyicha oʻquv-seminarda ishtirok etishdi

Joriy yilning 2-noyabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 20-oktyabrdagi 380-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda elektron tizim bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida oʻquv-seminar tashkil etildi.

 

Video-konferensaloqa  shaklida oʻtkazilgan ushbu tadbirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati va masʼul xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

 

Oʻquv-seminar davomida quyidagi muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:

  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda ijro intizomini qatʼiy taʼminlash;

     
  • Yagona elektron tizimga maʼlumotlarni oʻz vaqtida, toʻliq va belgilangan normativ talablar asosida kiritib borish;

     
  • Tizim funksionalidan foydalanish tartibi va amaliy jarayonlarni takomillashtirish.

     

Tadbirda Adliya vazirligi hamda «UNICON-SOFT» MChJning mutaxassislari maʼruza bilan chiqish qilib, elektron tizim imkoniyatlari, ish jarayonida yuzaga kelayotgan texnik hamda amaliy masalalar va ularning yechimlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berishdi.

 

Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi. Matbuot va axborot xizmati xodimlari hamda masʼul boʻlimlarga topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

8 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech