Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Iyun 2026

Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!

Davlat xizmatchilari oʻrtasida profilaktik targʻibot tadbirlari kuchaytirilmoqda

 

Davlat xizmatchilari va tizim xodimlari oʻrtasida giyohvandlik hamda narkojinoiyatlarning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida ogohlikni oshirish, sogʻlom ish muhitini shakllantirish hamda jamoatchilik oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

 Ushbu yoʻnalishda belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi rahbariyati va xodimlari shaxsan ishtirok etgan holda "STOPNARKO" xeshtegi ostida “Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” mavzusidagi ijtimoiy chellenjni tashkil etishdi.

Tadbir doirasida tizimning kirish qismi yoʻlaklarida mavzuga oid koʻrgazmali bannerlar va targʻibot materiallari joylashtirildi. Shuningdek, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida soha mutaxassislari hamda huquq-tartibot idoralari vakillarini jalb etgan holda maʼrifat soatlari tashkil etilishi belgilandi.

Tizim xodimlari tomonidan tayyorlangan maxsus ijtimoiy video-rolik orqali jamiyat taraqqiyotiga va inson salomatligiga raxna soluvchi ushbu ogʻuga qarshi kurashishda barcha birdek masʼul ekanligi qatʼiy taʼkidlandi. Halol mehnat va sogʻlom kelajak tamoyillariga asoslangan bunday profilaktik tadbirlar agentlik tizimidagi quyi tashkilotlarda ham izchil davom ettirilmoqda.

Amalga oshirilgan ushbu tadbirlar tafsilotlari va chellenj doirasidagi media-materiallar agentlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali keng jamoatchilikka yoritib borilmoqda.

 

SamDavaktiv matbuot xizmati

10 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech