Hurmatli prokuratura organlari xodimlari va faxriylari!
Oʼzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni – bu bayram shaxs huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdek sharafli kasb egalarining bayrami.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi Sizlarni, Prokuratura organlarida faoliyat olib borayotgan har bir xodimning oilasida tinchlik-xotirjamlik, osoyishtalik va sogʼlik-salomatlik hamda tanlagan kasblaridan doimo oʼzlari kutgan yutuqlarni qoʼlga kiritib, faxrlanib yurishlariga tilakdoshmiz. Siz va yaqinlaringizga baxt-omad, muvaffaqiyat va farovonlik tilaymiz.