Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

08 Октябрь 2026

Davlat aktivlari agentligi xodimlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “CSS-2026 Markaziy Yevroosiyo Kiberxavfsizlik sammiti” va “Cyberkent 4.0” musobaqasida ishtirok etdi

 

Kiberxavfsizlik markazi tomonidan joriy yilning 6-7-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “CSS-2026 Markaziy Yevroosiyo Kiberxavfsizlik sammiti” va “Cyberkent 4.0” musobaqasi tashkillashtirildi.

Sammitda Davlat aktivlari agentligi va uning tizim tashkilotlari mutaxassislari sohaviy CERT/CSIRT xizmatlar, muhim axborot infratuzilma obyektlari vakillari bilan kiberxavfsizlikni taʼminlash borasidagi amaliy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Sammit yakunida, 10 ta nominatsiya boʻyicha davlat hokimiyati boshqaruvi organlari kiberxavfsizlikni taʼminlash borasida hissa qoʻshganligi uchun taqdirlandilar.

Davlat aktivlari agentligi — “Tizimlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazishda faol boʻlgan davlat boshqaruv organi” nominatsiyasida eʼtirof etildi.

Oʻz navbatida, Davlat aktivlari agentligi tomonidan “Axborot xavfsizligi siyosati” ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan barcha axborot tizimlari Kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi qonuni talablariga muvofiq Kiberxavfsizlik markazidan kompleks ekspetizadan oʻtkazilgan.

Shuningdek, qurilmalarni kiberhujumlardan saqlash va himoyalashda litsenziyalangan dasturiy taʼminotlaridan foydalanilanib kelinmoqda.

 

Har yili Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda Davlat aktivlari agentligi xodimlari uchun axborot xavfsizligi va kiber gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish, sunʼiy intellektdan foydalanish bilan bogʻliq kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini olish mavzularida savodxonligi doimiy oshirilib borilmoqda.

6 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech