Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

25 Сентябрь 2025

Kattaqo'rg'on shahri va Kattaqo'rg'on tumanida “Roadshow” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PF-70-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-sentabr kuni Davaktiv agentligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va e-auksion viloyat bo‘limi mutaxassislari tomonidan xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari va yer uchastkalari hamda yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

2026-yil 1-yanvargacha Davlat aktivlari 3 oyda sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlang‘ich bahosining 10 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytirilishi;

2024-yil 1-yanvargacha ijara shartnomalari asosida ijaraga olganiga kamida 5 yil bo‘lgan va majburiyatlarni bajargan tadbirkorlarga xususiylashtirish dasturlariga kirgan davlat mulkini baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish huquqi berilganligi;

Auksion savdolariga tadbirkorlik uchun chiqarilgan yer uchastkalari (viloyat markazlari bundan mustasno) 3 oy davomida sotilmaganda boshlang‘ich qiymatining 30 foizigacha, 6 oy davomida sotilmaganda 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirilishi, sotib olish to‘lovlarining 15 foizini uch oy muddatda qolgan qismini 5 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilganligi to‘g‘risida fuqaro va tadbirkorlarga ma’lumot berildi.

Fuqaro va tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.

6 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech