689 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 45,3 mlrd so'm bo'lgan 348 ta lot 50,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat aktivlari:
- soni 1 ta
- boshlang‘ich narxi 13,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 14,6 mlrd so‘m
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida boshlang‘ich narxi 13,9 mlrd so‘m bo‘lgan “Sanoat-loyihalashtirish markazi” MChJ ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 14,6 mlrd so‘mga sotildi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 75 ta
- boshlang‘ich narxi 4,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 5 mlrd so‘m
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida boshlang‘ich narxi 0,6 mlrd so‘m bo‘lgan “O‘zbektelekom” AJ balansidagi Toyota Land Cruiser 200 rusumli avtotransport 0,8 mlrd so‘mga sotildi.
yer uchastkalari:
- soni 40 ta
- boshlang'ich narxi 5,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 9,7 mlrd so‘m
- yer maydoni 3,5 ga
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani hududidan boshlang'ich narxi 0,1 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 11 sotix yеr uchastkasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
boshqalar:
- soni 232 ta
- boshlang‘ich narxi 21,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 21 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1 140 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 31,3 trln so'm bo'lgan 113 755 ta lot savdoga qo'yilgan.

