Ру Ўз O'z En

Бошқалар

03 Июнь 2025

E’LON!!!

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida 2 nafar mutaxassislarni ishga jalb qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun Samarqand shahri, Spitamen shox ko‘chasi, 157A-uy manziliga 2025-yilning 6-iyunga qadar nomzodlar ma’lumotnomasi (spravka - obyektivka), ma’lumoti (diplom) to‘g‘risida, ish faoliyati (mehnat daftarchasi) nusxalarini yuborishi lozim.

Yuborilgan hujjatlar ko‘rib chiqilib, ma’qul bo‘lganda nomzodlar hududiy boshqarmaga suhbatga taklif etiladi.

Nomzodlar orasidan eng munosib nomzod suhbat asosida Komissiya tomonidan tanlab olinadi va u bilan bilan 1 yil muddatga fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma tuziladi.

Shartnomaga muvofiq, bajaradigan ish natijalariga qarab ish haqi belgilanadi.

 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

 

-Davlat mulki obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va samarali foydalanishni tashkil etish sho‘basi mutaxassisi (2 nafar) uchun:

  1. Iqtisodiyot, moliya, kadastr mutaxassisliklari yoki yuridik yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lishi (sohadagi tajribasi inobatga olingan holda sohada kamida 1 yil ishlagan va boshqa mutaxassisliklar ham qabul qilinishi mumkin);
  2. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonundan xabardor bo‘lishi;
  3. Strategik va tahliliy fikr yurita olish, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olishi;
  4. Davlat tilini mukammal bilish (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
  5. Normativ-huquqiy hujjatlarni tushunishi, ular bilan ishlash va ijrosini nazorat qilishni bajara olishi;
  6. Word, Excel dasturlarda ishlay olishi va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishi.

 

Tanlovda ishtirok etishni istagan fuqarolar (Samarqand shahri, Spitamen shox ko‘chasi, 157A-uy) Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga xabarnoma e’lon qilingan kundan boshlab rasmiy ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha (13:30 dan 14:30 gacha tushlik vaqti) murojaat qilishlari mumkin.

 

Mas’ul xodimlar bilan bog‘lanish uchun (93) 837-26-26 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

110 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech